9-mavzu
AQŞDA BOŞLANĞIÇ MUSIQA TA’LIMI TEXNOLOGIYALARINING ÖZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Yakuniy natija
Qiyosiy tahliliy iş va AQŞ tajribasidan foydalaniş böyiça metodik tavsiyalar.
1Mustaqil ta’lim mazmuni
Mavzuda AQŞ ta’lim tizimida boşlanğiç musiqa ta’limining taşkil etilişi, uning maqsadi, mazmuni, öqitiş şakllari va metodik yondaşuvlari örganiladi. Boşlanğiç ta’lim bosqiçida musiqiy tinglaş, kuylaş, çolğu ijroçiligi, musiqiy ijod, ritmik harakat va musiqiy savodxonlikni şakllantiriş masalalari tahlil qilinadi.
AQŞ musiqa ta’limida qöllaniladigan milliy standartlar va kompetensiyaviy yondaşuv, öquvçilarning musiqiy ijodkorligini rivojlantiriş, guruhli ijroçilik, individual musiqiy qobiliyatlarni qöllab-quvvatlaş hamda turli madaniy musiqiy an’analarni örganiş xususiyatlari körib çiqiladi.
Orff, Kodály, Dalcroze kabi yondaşuvlarning AQŞ musiqa ta’limidagi qöllanişi, maktablarda musiqa darslarini taşkil etiş, musiqa öqituvçisining vazifalari va raqamli ta’lim vositalaridan foydalaniş tajribasi örganiladi. AQŞ tajribasini Özbekiston umumiy örta ta’lim tizimiga moslaştiriş imkoniyatlari hamda bunda e’tiborga olinişi zarur bölgan milliy va taşkiliy omillar tahlil qilinadi.
2Mustaqil ta’lim topşiriği
Talaba AQŞ boşlanğiç musiqa ta’limiga oid ilmiy va rasmiy manbalarni örganadi. Mamlakatda musiqa ta’limining maqsadi, mazmuni, ta’lim standartlari, öqitiş metodlari, dars şakllari va baholaş usullarini aniqlaydi.
AQŞda boşlanğiç musiqa ta’limida qöllaniladigan kamida 3 ta metodik yondaşuv yoki öqitiş texnologiyasini tanlab, ularning öziga xos jihatlarini tahlil qiladi. Har bir yondaşuv böyiça musiqa darsida qöllanadigan maşq yoki topşiriqqa misol keltiradi.
Şundan söng AQŞ va Özbekiston boşlanğiç musiqa ta’limining öxşaş va farqli jihatlarini qiyosiy jadvalda aks ettiradi. Yakunda AQŞ tajribasidan Özbekiston musiqa ta’limida foydalaniş mumkin bölgan kamida 3 ta metodik ğoyani asoslab beradi.
3Bajariladigan işlar0 / 5 bajarildi
ManbaMatn fan dasturidan özgartirişsiz olingan. Belgilar faqat şu brauzerda saqlanadi.