1-mavzu
MUSIQA ÖQITIŞ TEXNOLOGIYALARINING ZAMONAVIY TUŞUNÇALARI TAHLILI
Yakuniy natija
Tahliliy yozma iş, tuşunçalar izohi va qiyosiy tahlil.
1Mustaqil ta’lim mazmuni
Mavzuni örganişda, avvalo, “ta’lim texnologiyasi”, “pedagogik texnologiya”, “öqitiş metodikasi”, “ta’lim usuli”, “ta’lim vositasi” va “ta’lim şakli” tuşunçalarining mazmuni, özaro farqi hamda musiqiy ta’lim jarayonidagi örni yoritiladi. Musiqa öqitiş texnologiyalarining an’anaviy metodik yondaşuvlardan farqli jihatlari, ularning maqsadga yönaltirilganligi, bosqiçma-bosqiç taşkil etilişi, kutilayotgan natijalar bilan boğliqligi va ta’lim samaradorligini ta’minlaşdagi imkoniyatlari tahlil qilinadi.
Şuningdek, musiqa ta’limida qöllanilayotgan zamonaviy pedagogik texnologiyalar – interfaol öqitiş, muammoli ta’lim, loyiha asosida öqitiş, hamkorlikda öqitiş, tabaqalaştirilgan ta’lim, aralaş ta’lim, raqamli ta’lim va gamifikatsiya texnologiyalarining mazmuni oçib beriladi. Har bir texnologiyaning öziga xos xususiyatlari, qöllaniş şartlari, afzalliklari va çeklovlari musiqa fanining tinglaş, kuylaş, ritmik harakat, çolğu ijroçiligi va musiqiy savodxonlik yönalişlari bilan boğliq holda körib çiqiladi.
Mavzuda zamonaviy musiqa öqitiş texnologiyalarining öquvçi faolligini oşiriş, mustaqil fikrlaş, musiqiy idrok, ijodiy qobiliyat va amaliy ijroçilik könikmalarini rivojlantirişdagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratiladi.
2Mustaqil ta’lim topşiriği
Talaba musiqa öqitiş texnologiyalariga oid ilmiy, pedagogik va metodik adabiyotlarni örganib, asosiy tuşunçalarning izohli tahlilini tayyorlaydi. Bunda kamida 5 ta asosiy tuşunça tanlanib, ularning ilmiy-pedagogik mazmuni, özaro farqi va musiqa ta’limidagi qöllaniş xususiyatlari yoritiladi.
Şundan söng an’anaviy musiqa öqitiş metodikasi bilan zamonaviy pedagogik texnologiyalar qiyosiy tahlil qilinadi. Qiyoslaşda öqituvçi va öquvçi faoliyati, darsni taşkil etiş, ta’lim vositalari, öquvçining mustaqilligi, baholaş va kutilayotgan natijalar mezon qilib olinadi.
Talaba kamida 5 ta zamonaviy texnologiyani tanlab, ularning har biri musiqa darsining qaysi faoliyat turida samarali qöllanişini misollar bilan asoslaydi. Yakunda “Zamonaviy musiqa öqitiş texnologiyalarining pedagogik imkoniyatlari” mavzusida tahliliy yozma iş va umumlaştiruvçi xulosa tayyorlaydi.
3Bajariladigan işlar0 / 5 bajarildi
ManbaMatn fan dasturidan özgartirişsiz olingan. Belgilar faqat şu brauzerda saqlanadi.