Mustaqil ta’lim mavzulari
“Musiqa öqitiş texnologiyalari va loyihalaş” fani böyiça mustaqil ta’limning 30 ta mavzusi mazmunan tuşuntirib beriladi. Har bir mavzu uçun mazmun, topşiriq, bajariladigan işlar va yakuniy natija berilgan.
| № | Mavzu | Yakuniy natija | Oçiş |
|---|---|---|---|
| 1 | Musiqa öqitiş texnologiyalarining zamonaviy tuşunçalari tahlili | Tahliliy yozma iş, tuşunçalar izohi va qiyosiy tahlil. | |
| 2 | Musiqa ta’limida texnologik yondaşuvning pedagogik mohiyati | Texnologik yondaşuv asosida işlab çiqilgan musiqa darsi loyihasi va tahliliy izoh. | |
| 3 | Musiqa orqali estetik tarbiyaning psixopedagogik mexanizmlari | Musiqiy asarlarning estetik-pedagogik tahlili va estetik tarbiyaga yönaltirilgan dars fragmenti. | |
| 4 | Musiqa darslari orqali öquvçilarning ijtimoiy-emotsional ösişini ta’minlaş | Ijtimoiy-emotsional rivojlanişga yönaltirilgan dars fragmenti va metodik tavsiyalar. | |
| 5 | Özbekiston musiqa pedagogikasining tarixiy taraqqiyoti | Tarixiy-tahliliy yozma iş, xronologik jadval va xulosa. | |
| 6 | Jahon tajribasida musiqa öqitiş texnologiyalarining şakllaniş bosqiçlari | Qiyosiy tahlil, metodik tavsiya va amaliy maşqlar töplami. | |
| 7 | Musiqa darslarida raqamli texnologiyalardan foydalaniş usullari | Raqamli öquv materiali, dasturlar tahlili va undan foydalaniş böyiça metodik tavsiya. | |
| 8 | Innovatsion yondaşuvlar asosida musiqiy tinglaş kompetensiyasini şakllantiriş | Musiqiy tinglaş kompetensiyasini rivojlantiruvçi maşğulot işlanmasi va baholaş körsatkiçlari. | |
| 9 | AQŞda boşlanğiç musiqa ta’limi texnologiyalarining öziga xos xususiyatlari | Qiyosiy tahliliy iş va AQŞ tajribasidan foydalaniş böyiça metodik tavsiyalar. | |
| 10 | Yaponiya va Koreyada musiqa öqitiş texnologiyalarining taqqoslama tahlili | Yaponiya va Koreya tajribasining qiyosiy tahlili hamda moslaştirilgan metodik tavsiya. | |
| 11 | Klaster, INSERT, aqliy hujum texnologiyalarini musiqa darslariga moslaştiriş | Uçta interfaol metod asosida tayyorlangan dars topşiriqlari töplami. | |
| 12 | Mustaqil ijodiy faoliyatni rağbatlantiruvçi metodlar | Ijodiy topşiriqlar töplami va bitta batafsil metodik işlanma. | |
| 13 | “Bumerang”, “Kamalak”, “Beş daqiqa – bir ğoya” texnikalarining darsdagi roli | Uçta texnika asosida işlab çiqilgan musiqa darsi topşiriqlari va metodik tavsiyalar. | |
| 14 | Interfaol metodlar yordamida kuy tahlilini örgatiş yöllari | Musiqiy kuy tahlili va interfaol maşğulot işlanmasi. | |
| 15 | 5–7-sinflar uçun musiqa fanidan DTS va fan dasturi tahlili | DTS va öquv dasturining tahliliy şarhi, sinflar kesimidagi qiyosiy jadval va xulosa. | |
| 16 | Ta’lim mazmunini baholaş: musiqa fanida yondaşuvlar va mezonlar | Musiqa faniga mos baholaş mezonlari va rubrika. | |
| 17 | Musiqa darsini loyihalaş: maqsad, natija va baholaş birlikda | Maqsad, natija va baholaş özaro muvofiqlaştirilgan musiqa darsi loyihasi. | |
| 18 | “Bir dars – bir ğoya” konsepsiyasi asosida dars loyihalaş | “Bir dars – bir ğoya” konsepsiyasi asosida işlab çiqilgan dars işlanmasi. | |
| 19 | Integratsiyalaşgan musiqa darslarining afzalliklari | Fanlararo integratsiyaga asoslangan dars fragmenti va mavzular töplami. | |
| 20 | Musiqa darsida guruhli va individual işlaş şakllari | Guruhli va individual işlaş şakllari uyğunlaştirilgan dars loyihasi. | |
| 21 | 5-sinf “Ona Vatan” darsini texnologik xaritada aks ettiriş | 5-sinf “Ona Vatan” mavzusi böyiça töliq texnologik xarita va dars topşiriqlari. | |
| 22 | Texnologik xaritada baholaş mezonlarini aniq ifodalaş | Darajali baholaş rubrikasi va unga mos texnologik xarita. | |
| 23 | Musiqiy diktantlar orqali savodxonlikni oşiriş texnologiyasi | Musiqiy savodxonlikni rivojlantiruvçi diktantlar töplami. | |
| 24 | Notalar va ritmlarni örgatişda vizual va eşitiş usullarining qöllanilişi | Nota va ritmni örgatişga möljallangan vizual, eşitiş va aralaş maşqlar töplami. | |
| 25 | Musiqa fanida mini-loyihalar orqali ijodiy fikrlaşni rivojlantiriş | Mini-loyihalar töplami va bitta batafsil loyiha pasporti. | |
| 26 | Qöşiq yaratiş, şoirlik va soz çaliş faoliyatini uyğunlaştiriş texnologiyasi | Mualliflik qöşiği yoki qöşiq yaratiş böyiça ijodiy loyiha. | |
| 27 | Diagnostik testlar va rubrikalar asosida baholaş modeli | Diagnostik testlar töplami, baholaş rubrikasi va diagnostik baholaş modeli. | |
| 28 | Yozma va oğzaki nazorat turlarining musiqaga moslaştirilgan şakllari | Musiqa faniga mos yozma va oğzaki nazorat topşiriqlari töplami. | |
| 29 | Musiqa öqituvçisida kommunikativ va taşabbuskorlik kompetensiyalarini rivojlantiriş | Pedagogik vaziyatlar tahlili, taşabbuskorlik loyihasi va kasbiy rivojlaniş rejasi. | |
| 30 | Amaliy maşğulot asosida kasbiy refleksiya yuritiş texnologiyasi | Refleksiv tahlil, refleksiv kundalik namunasi va kasbiy rivojlaniş rejasi. |
Har bir mavzu ikki asosiy qismdan iborat.
- Mustaqil ta’lim mazmuni – talaba mavzuni örganiş davomida qaysi nazariy masalalarni yoritişi, qanday tuşunçalarni tahlil qilişi, qaysi pedagogik va metodik jihatlarga e’tibor qaratişi kerakligi.
- Mustaqil ta’lim topşiriği – talaba mavzu yuzasidan qanday amaliy, tahliliy, ijodiy yoki metodik işlarni bajarişi va yakunda qanday mustaqil iş mahsulini tayyorlaşi lozimligi.
Topşiriqlar şunçaki mavzu yuzasidan ma’lumot töplaş bilan çeklanmaydi. Ularda ilmiy manbalarni örganiş, qiyosiy tahlil qiliş, pedagogik xulosalar çiqariş, dars işlanmalari yaratiş, texnologik xaritalar işlab çiqiş, baholaş vositalarini loyihalaş va amaliy metodik tavsiyalar tayyorlaş közda tutiladi.