28-mavzu
YOZMA VA OĞZAKI NAZORAT TURLARINING MUSIQAGA MOSLAŞTIRILGAN ŞAKLLARI
Yakuniy natija
Musiqa faniga mos yozma va oğzaki nazorat topşiriqlari töplami.
1Mustaqil ta’lim mazmuni
Mavzuda ta’lim jarayonida yozma va oğzaki nazoratning maqsadi, vazifalari, şakllari va pedagogik ahamiyati örganiladi. Yozma nazorat orqali öquvçilarning nazariy bilimlari, musiqiy tuşunçalarni anglaş darajasi, nota savodxonligi va musiqiy materialni tahlil qiliş könikmalarini aniqlaş imkoniyatlari yoritiladi.
Oğzaki nazoratning savol-javob, musiqiy asarni izohlaş, tinglangan asar haqida fikr bildiriş, nota va ritmik namunalarni oğzaki tahlil qiliş, musiqiy atamalarni tuşuntiriş va ijro jarayonidagi bilimlarni namoyon etiş şakllari körib çiqiladi.
Musiqa fanining amaliy xususiyatlarini hisobga olgan holda yozma nazoratni nota diktanti, ritmik topşiriq, musiqiy tuşunçalarni moslaştiriş, test va qisqa tahliliy javoblar orqali taşkil etiş; oğzaki nazoratni esa musiqiy tinglaş, kuylaş, ijro, izohlaş va tahlil qiliş orqali amalga oşiriş masalalari örganiladi.
2Mustaqil ta’lim topşiriği
Talaba 5–7-sinf musiqa fanidan bitta mavzuni tanlab, şu mavzu uçun yozma va oğzaki nazorat topşiriqlarini işlab çiqadi.
Yozma nazorat uçun kamida 5 ta test savoli, 2 ta qisqa yozma javobli savol va 1 ta musiqiy savodxonlik yoki ritmik topşiriq tayyorlaydi. Oğzaki nazorat uçun kamida 5 ta savol, bitta musiqiy asarni izohlaş topşiriği va bitta amaliy ijro yoki tinglaş topşiriğini işlab çiqadi.
Har bir topşiriq uçun baholaş mezonlari, kutilayotgan javob yoki bajariş talabi belgilanadi. Talaba yozma va oğzaki nazorat şakllarining qaysi bilim va könikmalarni aniqlaşda samarali ekanini qiyosiy tahlil qiladi.
3Bajariladigan işlar0 / 5 bajarildi
ManbaMatn fan dasturidan özgartirişsiz olingan. Belgilar faqat şu brauzerda saqlanadi.