22-mavzu
TEXNOLOGIK XARITADA BAHOLAŞ MEZONLARINI ANIQ IFODALAŞ
Yakuniy natija
Darajali baholaş rubrikasi va unga mos texnologik xarita.
1Mustaqil ta’lim mazmuni
Mavzuda texnologik xaritada baholaş mezonlarining örni, ularni işlab çiqiş tamoyillari va ta’lim natijalari bilan boğliqligi örganiladi. Baholaş mezoni, körsatkiç, daraja, ball, rubrika va baholaş vositasi tuşunçalarining mazmuni hamda özaro farqi yoritiladi.
Musiqa darsida baholaş mezonlarini işlab çiqişning öziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Nazariy bilimlar, musiqiy tinglaş, qöşiq ijrosi, ritmik aniqlik, nota savodxonligi, musiqiy tahlil, ijodiy faoliyat va jamoaviy ijro natijalarini baholaş mezonlari körib çiqiladi.
Baholaş mezonlarining aniqligi, kuzatilişi, ölçanişi, öquv maqsadlariga muvofiqligi va barça öquvçilar uçun tuşunarli bölişi masalalariga e’tibor qaratiladi. Şuningdek, baholaşning xolisligi, qayta aloqa beriş, öquvçi yutuqlarini aniqlaş va rivojlaniş dinamikasini kuzatişdagi ahamiyati yoritiladi.
2Mustaqil ta’lim topşiriği
Talaba musiqa darsidagi bitta mavzuni tanlaydi va uning texnologik xaritasini işlab çiqişda foydalaniladigan baholaş mezonlarini aniqlaydi.
Tanlangan mavzu böyiça kamida 4 ta baholaş körsatkiçi belgilanadi. Har bir körsatkiç uçun yuqori, örta va boşlanğiç darajalar tavsiflanadi. Darajalar öquvçi faoliyatida kuzatiladigan aniq natijalar asosida ifodalanişi lozim.
Masalan, qöşiq ijrosini baholaşda intonatsiya, ritmik aniqlik, matnni töğri talaffuz qiliş va ijro ifodaliligi mezon qilib olinadi. Musiqiy tinglaşni baholaşda esa asar xarakterini aniqlaş, janrni farqlaş, çolğu tembrini taniş va musiqiy taassurotni izohlaş körsatkiçlari belgilanadi.
Talaba işlab çiqqan mezonlarni texnologik xaritaga joylaştiradi va har bir mezon qaysi dars bosqiçida qöllanişini körsatadi.
3Bajariladigan işlar0 / 6 bajarildi
ManbaMatn fan dasturidan özgartirişsiz olingan. Belgilar faqat şu brauzerda saqlanadi.