12-mavzu
MUSTAQIL IJODIY FAOLIYATNI RAĞBATLANTIRUVÇI METODLAR
Yakuniy natija
Ijodiy topşiriqlar töplami va bitta batafsil metodik işlanma.
1Mustaqil ta’lim mazmuni
Mavzuda mustaqil ijodiy faoliyat tuşunçasi, uning tarkibiy qismlari va musiqa ta’limidagi ahamiyati örganiladi. Öquvçilarda ijodiy fikrlaş, musiqiy tasavvur, mustaqil qaror qabul qiliş, musiqiy ğoya yaratiş, ijro talqinini şakllantiriş va öz ijodiy işini baholaş könikmalarini rivojlantiriş masalalari yoritiladi.
Musiqa darslarida ijodiy faoliyatni rağbatlantiruvçi metodlar – musiqiy improvizatsiya, ritmik ijod, musiqiy obraz yaratiş, muammoli topşiriqlar, loyiha asosida işlaş, ijodiy öyinlar, erkin musiqiy talqin, guruhli kompozitsion faoliyat va musiqiy hikoyalaştiriş metodlari tahlil qilinadi.
Ijodiy topşiriqlarni öquvçilarning yoşi, qobiliyati va tayyorgarlik darajasiga moslaştiriş, ijodiy erkinlik va pedagogik yönaltiriş örtasidagi muvozanatni ta’minlaş, ijodiy natijalarni baholaş mezonlarini belgilaş masalalariga e’tibor qaratiladi.
2Mustaqil ta’lim topşiriği
Talaba mustaqil ijodiy faoliyatni rağbatlantiruvçi kamida 5 ta metodni örganib, ularning musiqa darsidagi qöllaniş imkoniyatlarini tahlil qiladi.
Har bir metod uçun 5–7-sinf öquvçilariga mos ijodiy topşiriq işlab çiqiladi. Masalan, berilgan ritmni davom ettiriş, kuyga mos ritmik jörnavozlik yaratiş, musiqiy obrazni harakat orqali ifodalaş, tinglangan asarga boşqa yakun taklif qiliş yoki berilgan mavzu asosida musiqiy kompozitsiya tuziş.
Talaba uşbu topşiriqlardan kamida bittasini batafsil loyihalaydi. Unda topşiriqning maqsadi, bajariş bosqiçlari, öquvçilarga beriladigan körsatmalar, zarur vositalar va baholaş mezonlari körsatiladi.
3Bajariladigan işlar0 / 5 bajarildi
ManbaMatn fan dasturidan özgartirişsiz olingan. Belgilar faqat şu brauzerda saqlanadi.