23-mavzu
MUSIQIY DIKTANTLAR ORQALI SAVODXONLIKNI OŞIRIŞ TEXNOLOGIYASI
Yakuniy natija
Musiqiy savodxonlikni rivojlantiruvçi diktantlar töplami.
1Mustaqil ta’lim mazmuni
Mavzuda musiqiy diktant tuşunçasi, uning maqsadi, vazifalari va musiqiy savodxonlikni şakllantirişdagi ahamiyati örganiladi. Musiqiy diktantlarning turlari – ritmik diktant, melodik diktant, eşitiş asosidagi diktant, nota yozuvi diktanti, intervallar va tovuş balandligini aniqlaşga doir topşiriqlar tahlil qilinadi.
Musiqiy diktant orqali öquvçilarda musiqiy eşitiş, tovuş balandligini farqlaş, ritmni idrok etiş, musiqiy xotira, nota yozuvi va musiqiy tafakkur könikmalarini rivojlantiriş mexanizmlari yoritiladi.
Musiqiy diktantni taşkil etiş bosqiçlari, topşiriq murakkabligini bosqiçma-bosqiç oşiriş, öquvçilarning tayyorgarlik darajasiga moslaştiriş, audio vositalardan foydalaniş, javoblarni tekşiriş va xatolar ustida işlaş metodikasi örganiladi.
2Mustaqil ta’lim topşiriği
Talaba musiqiy diktantlarning kamida 3 turini tanlab, ularning maqsadi va bajariliş tartibini işlab çiqadi.
Bunda:
- ritmik diktant uçun sodda ritmik namunalar tuziladi;
- melodik diktant uçun öquvçilarning yoşiga mos qisqa kuy yoki melodik jumla tanlanadi;
- nota yozuvi diktanti uçun tovuş balandligi, nota davomiyligi va ritmik belgilarni aniqlaşga oid topşiriqlar tayyorlanadi.
Har bir diktant uçun topşiriq şarti, bajariş tartibi, takrorlaş soni, öquvçidan kutiladigan javob va baholaş mezonlari belgilanadi. Talaba topşiriqlarning murakkablik darajasini bosqiçma-bosqiç oşirib boradigan kiçik maşqlar töplamini yaratadi.
Imkoniyat mavjud bölsa, diktant uçun audioyozuv tayyorlaydi yoki musiqiy dastur yordamida qisqa melodik va ritmik namunalarni yaratadi.
3Bajariladigan işlar0 / 6 bajarildi
ManbaMatn fan dasturidan özgartirişsiz olingan. Belgilar faqat şu brauzerda saqlanadi.