8-mavzu
INNOVATSION YONDAŞUVLAR ASOSIDA MUSIQIY TINGLAŞ KOMPETENSIYASINI ŞAKLLANTIRIŞ
Yakuniy natija
Musiqiy tinglaş kompetensiyasini rivojlantiruvçi maşğulot işlanmasi va baholaş körsatkiçlari.
1Mustaqil ta’lim mazmuni
Mavzuda musiqiy tinglaş kompetensiyasining mazmuni, tarkibiy qismlari va musiqa ta’limidagi ahamiyati yoritiladi. Musiqiy tinglaşni oddiy eşitiş jarayonidan farqlaş, tinglangan asarni anglaş, musiqiy obrazni idrok etiş, ifoda vositalarini aniqlaş, asarning janri va xarakterini farqlaş, tinglangan musiqaga munosabat bildiriş hamda asoslangan xulosa çiqariş könikmalari tahlil qilinadi.
Musiqiy tinglaş kompetensiyasini rivojlantirişda muammoli tinglaş, taqqoslab tinglaş, yönaltirilgan tinglaş, analitik tinglaş, vizual kuzatiş, audio-vizual tahlil, interfaol savol-javob va raqamli tinglaş topşiriqlarining imkoniyatlari örganiladi.
Musiqiy asarni tinglaşdan oldingi tayyorgarlik, tinglaş jarayonida kuzatiş, tinglaşdan keyingi tahlil va baholaş bosqiçlari yoritiladi. Milliy va jahon musiqa namunalaridan foydalaniş, turli ijro talqinlarini qiyoslaş hamda öquvçilarning mustaqil musiqiy fikrini rivojlantiriş masalalariga e’tibor qaratiladi.
2Mustaqil ta’lim topşiriği
Talaba musiqiy tinglaş kompetensiyasining tarkibiy qismlarini aniqlab, ularning har biri uçun baholaş mumkin bölgan körsatkiçlarni işlab çiqadi. Masalan, musiqiy xarakterini aniqlaş, janrni farqlaş, ritmik xususiyatni anglaş, çolğu tembrini taniş, musiqiy ifoda vositalarini izohlaş va tinglangan asar haqida mustaqil fikr bildiriş.
Şundan söng milliy va jahon musiqa merosidan kamida 3 ta asar tanlanadi. Har bir asar uçun tinglaşdan oldingi savollar, tinglaş davomida bajariladigan kuzatiş topşiriqlari va tinglaşdan keyingi tahliliy savollar işlab çiqiladi.
Talaba tanlangan asarlardan biri asosida innovatsion yondaşuvga asoslangan musiqiy tinglaş maşğulotini loyihalaydi. Unda audio yoki video material, vizual körsatmalar, interfaol topşiriqlar va öquvçilar fikrini baholaş mezonlari aks ettiriladi.
3Bajariladigan işlar0 / 5 bajarildi
ManbaMatn fan dasturidan özgartirişsiz olingan. Belgilar faqat şu brauzerda saqlanadi.