29-mavzu
MUSIQA ÖQITUVÇISIDA KOMMUNIKATIV VA TAŞABBUSKORLIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRIŞ
Yakuniy natija
Pedagogik vaziyatlar tahlili, taşabbuskorlik loyihasi va kasbiy rivojlaniş rejasi.
1Mustaqil ta’lim mazmuni
Mavzuda musiqa öqituvçisining kasbiy kompetentligi, uning tarkibiy qismlari va pedagogik faoliyatdagi ahamiyati örganiladi. Kommunikativ kompetensiya tuşunçasi, pedagogik muloqot, nutq madaniyati, tinglaş, fikrni aniq ifodalaş, savol beriş, qayta aloqa örnatiş, nizoli vaziyatlarni boşqariş va öquvçilar bilan samarali munosabat örnatiş masalalari yoritiladi.
Taşabbuskorlik kompetensiyasining mazmuni, yangi ğoyalarni ilgari suriş, darsni mustaqil rejalaştiriş, ijodiy taşabbus körsatiş, ta’limiy loyihalarni taşkil etiş, innovatsion metodlarni qöllaş va pedagogik muammolarga yeçim topişdagi ahamiyati tahlil qilinadi.
Musiqa öqituvçisining jamoaviy ijro, xor, ansambl, musiqiy tadbirlar, ijodiy loyihalar va ota-onalar bilan hamkorlikni taşkil etişdagi kommunikativ hamda taşabbuskorlik faoliyati körib çiqiladi. Şuningdek, öqituvçining kasbiy rivojlanişi, öz ustida işlaşi, refleksiyasi va pedagogik tajribasini takomillaştirişi masalalari yoritiladi.
2Mustaqil ta’lim topşiriği
Talaba musiqa öqituvçisining kommunikativ va taşabbuskorlik kompetensiyalariga oid ilmiy manbalarni örganadi. Har bir kompetensiyaning tarkibiy qismlari va amaliy faoliyatda namoyon böliş körsatkiçlarini aniqlaydi.
Musiqa darsidagi pedagogik vaziyatlardan kamida 3 tasini tanlab, ularni samarali hal etiş böyiça muloqot namunalarini işlab çiqadi. Masalan, öquvçining qöşiq ijrosidagi xatosiga munosabat bildiriş, guruhli ijro jarayonida vazifalarni taqsimlaş, musiqiy asar yuzasidan turli fikrlarni muhokama qiliş kabi vaziyatlar tanlanişi mumkin.
Talaba musiqa öqituvçisi tomonidan amalga oşirilişi mumkin bölgan bitta taşabbuskorlik loyihasini işlab çiqadi. Masalan, maktabda musiqiy tögarak taşkil etiş, sinflararo musiqiy tanlov ötkaziş, milliy çolğular körgazmasini taşkil qiliş yoki raqamli musiqiy resurslar bankini yaratiş.
Loyihada maqsad, vazifalar, amalga oşiriş bosqiçlari, hamkorlar, zarur resurslar va kutilayotgan natijalar körsatiladi.
3Bajariladigan işlar0 / 5 bajarildi
ManbaMatn fan dasturidan özgartirişsiz olingan. Belgilar faqat şu brauzerda saqlanadi.