3-mavzu
MUSIQA ORQALI ESTETIK TARBIYANING PSIXOPEDAGOGIK MEXANIZMLARI
Yakuniy natija
Musiqiy asarlarning estetik-pedagogik tahlili va estetik tarbiyaga yönaltirilgan dars fragmenti.
1Mustaqil ta’lim mazmuni
Mavzuda estetik tarbiya tuşunçasi, uning maqsadi, vazifalari va şaxs kamolotidagi ahamiyati yoritiladi. Musiqaning inson hissiyoti, dunyoqaraşi, badiiy didi, estetik idroki va ma’naviy qadriyatlariga ta’sir etiş xususiyatlari psixologik hamda pedagogik nuqtayi nazardan örganiladi.
Musiqiy idrok, hissiy ta’sirlaniş, emotsional javob, musiqiy obrazni anglaş, estetik baholaş, badiiy tasavvur va ijodiy munosabat kabi psixologik jarayonlar tahlil qilinadi. Musiqa asarining xarakteri, mazmuni, janri, tempi, ritmi, dinamikasi, lad-tonallik xususiyatlari va tembrining tinglovçi hissiyotiga ta’siri körib çiqiladi.
Şuningdek, estetik tarbiyaning musiqiy tinglaş, qöşiq kuylaş, çolğu ijroçiligi, musiqiy-ritmik harakat va musiqiy ijod faoliyatlari orqali amalga oşiriliş mexanizmlari örganiladi. Öquvçilarda milliy musiqa merosiga hurmat, yuksak badiiy did, musiqiy qadriyatlarni anglaş va san’at asarlariga ongli munosabatni şakllantiriş masalalari yoritiladi.
2Mustaqil ta’lim topşiriği
Talaba estetik tarbiya va musiqiy idrokka oid ilmiy-pedagogik adabiyotlarni örganib, musiqaning şaxs estetik rivojlanişiga ta’sir etuvçi asosiy mexanizmlarini tahlil qiladi.
Buning uçun turli xarakterdagi kamida 3 ta musiqiy asar tanlanadi. Ular, masalan, özbek xalq kuyi, mumtoz musiqa namunasi va zamonaviy musiqiy asar bölişi mumkin. Har bir asarning tinglovçiga hissiy ta’siri, musiqiy ifoda vositalari, badiiy obrazi va tarbiyaviy imkoniyatlari tahlil qilinadi.
Talaba tanlangan asarlardan biri asosida öquvçilarning estetik idrokini rivojlantirişga qaratilgan dars fragmentini işlab çiqadi. Unda tinglaşdan oldingi tayyorgarlik, asarni tinglaş, taassurotlarni ifodalaş, musiqiy vositalarni aniqlaş va yakuniy estetik baholaş bosqiçlari aks ettiriladi.
3Bajariladigan işlar0 / 5 bajarildi
ManbaMatn fan dasturidan özgartirişsiz olingan. Belgilar faqat şu brauzerda saqlanadi.