24-mavzu
NOTALAR VA RITMLARNI ÖRGATIŞDA VIZUAL VA EŞITIŞ USULLARINING QÖLLANILIŞI
Yakuniy natija
Nota va ritmni örgatişga möljallangan vizual, eşitiş va aralaş maşqlar töplami.
1Mustaqil ta’lim mazmuni
Mavzuda musiqiy savodxonlikni şakllantirişda vizual va eşitiş usullarining örni, ularning özaro aloqadorligi va pedagogik imkoniyatlari örganiladi. Nota yozuvi, nota çiziği, kalitlar, tovuş balandligi, nota davomiyligi, pauzalar, takt, metr, ritm va ölçov kabi musiqiy tuşunçalarni örgatiş metodikasi yoritiladi.
Vizual usullarda nota kartoçkalari, rangli belgilar, ritmik sxemalar, grafik tasvirlar, nota xaritalari, animatsiyalar va interfaol doskalardan foydalaniş imkoniyatlari tahlil qilinadi. Eşitiş usullarida tovuşlarni farqlaş, ritmik namunalarni tinglaş, qaytariş, kuylaş, solfedjio maşqlari va musiqiy xotirani rivojlantiriş metodlari örganiladi.
Vizual va eşitiş usullarini birgalikda qöllaş orqali nota belgisini tovuş bilan boğlaş, ritmik tuzilmani köriş va eşitiş orqali anglaş, öquvçilarning musiqiy savodxonligini mustahkamlaş yöllari körib çiqiladi.
2Mustaqil ta’lim topşiriği
Talaba nota va ritmni örgatiş uçun vizual hamda eşitiş usullariga asoslangan maşqlar töplamini işlab çiqadi.
Vizual topşiriqlarda nota belgilarini aniqlaş, notalarni nota yöliga joylaştiriş, ritmik sxemalarni öqiş va nota davomiyliklarini farqlaşga oid maşqlar tayyorlanadi. Eşitiş topşiriqlarida esa tovuş balandligini farqlaş, berilgan ritmni tinglab qaytariş, qisqa melodik jumlani eslab kuylaş va eşitilgan ritmni nota yoki grafik şaklda ifodalaş maşqlari işlab çiqiladi.
Talaba kamida 2 ta vizual, 2 ta eşitiş va 2 ta aralaş maşq tayyorlaydi. Har bir maşq uçun maqsad, bajariş tartibi, zarur vositalar va baholaş mezonlari belgilanadi.
3Bajariladigan işlar0 / 6 bajarildi
ManbaMatn fan dasturidan özgartirişsiz olingan. Belgilar faqat şu brauzerda saqlanadi.