30-mavzu
AMALIY MAŞĞULOT ASOSIDA KASBIY REFLEKSIYA YURITIŞ TEXNOLOGIYASI
Yakuniy natija
Refleksiv tahlil, refleksiv kundalik namunasi va kasbiy rivojlaniş rejasi.
1Mustaqil ta’lim mazmuni
Mavzuda refleksiya tuşunçasi, uning pedagogik mohiyati, kasbiy faoliyatni takomillaştirişdagi ahamiyati va refleksiv yondaşuvning asosiy tamoyillari örganiladi. Kasbiy refleksiya orqali öqituvçining öz faoliyatini anglaş, tahlil qiliş, yutuq va kamçiliklarni aniqlaş, sabablarni izohlaş hamda kelgusidagi faoliyatini takomillaştiriş mexanizmlari yoritiladi.
Musiqa öqituvçisining amaliy maşğulot jarayonida öz faoliyatini tahlil qilişi, dars maqsadiga erişiş darajasini aniqlaşi, öquvçilarning faolligi va musiqiy natijalarini baholaşi, qöllanilgan metodlarning samaradorligini aniqlaşi masalalari körib çiqiladi.
Refleksiya yuritiş şakllari – refleksiv kundalik, öz-özini baholaş varaqasi, kuzatuv jadvali, dars tahlili, video tahlil, özaro fikr almaşiş, SWOT-tahlil va rivojlaniş rejasini tuziş usullari örganiladi.
Şuningdek, refleksiya jarayonida faqat kamçiliklarni qayd etiş emas, balki muvaffaqiyatli tajribalarni aniqlaş, ularni takror qöllaş va takomillaştiriş yöllarini belgilaş zarurligi yoritiladi.
2Mustaqil ta’lim topşiriği
Talaba musiqa darsiga oid amaliy maşğulot yoki dars fragmentini tanlaydi. Agar talaba amaliy pedagogik faoliyatda iştirok etgan bölsa, öz kuzatuvlari va faoliyati asosida; bunday imkoniyat bölmasa, kuzatilgan dars yoki özi işlab çiqqan dars loyihasi asosida refleksiv tahlil tayyorlaydi.
Tahlilda quyidagi savollarga javob beriladi:
- Darsning asosiy maqsadi nimadan iborat edi?
- Belgilangan maqsadga qay darajada erişildi?
- Qaysi metod va vositalar samarali böldi?
- Öquvçilar qaysi topşiriqlarni muvaffaqiyatli bajardi?
- Qaysi bosqiçlarda qiyinçiliklar yuzaga keldi?
- Öquvçilarning musiqiy faolligi va mustaqil fikrlaşi qanday namoyon böldi?
- Vaqt taqsimoti va dars bosqiçlari maqsadga muvofiq taşkil etildimi?
- Keyingi maşğulotda nimalarni özgartiriş yoki takomillaştiriş kerak?
Talaba refleksiv kundalik şaklini işlab çiqadi va unda darsning kuçli jihatlari, muammoli tomonlari, ularning sabablari, olingan tajriba va kelgusi rivojlaniş vazifalarini qayd etadi. Yakunda öz kasbiy faoliyatini takomillaştirişga qaratilgan aniq reja tuzadi.
3Bajariladigan işlar0 / 7 bajarildi
ManbaMatn fan dasturidan özgartirişsiz olingan. Belgilar faqat şu brauzerda saqlanadi.