15-mavzu
5–7-SINFLAR UÇUN MUSIQA FANIDAN DTS VA FAN DASTURI TAHLILI
Yakuniy natija
DTS va öquv dasturining tahliliy şarhi, sinflar kesimidagi qiyosiy jadval va xulosa.
1Mustaqil ta’lim mazmuni
Mavzuda umumiy örta ta’lim tizimida davlat ta’lim standartlari, öquv dasturlari va ularning ta’lim jarayonini taşkil etişdagi vazifalari örganiladi. Davlat ta’lim standarti, öquv dasturi, öquv reja, darslik, öquv maqsadi, ta’lim natijasi va kompetensiya tuşunçalari özaro boğliqlikda tahlil qilinadi.
5–7-sinflar musiqa fanining maqsadi, vazifalari, mazmun yönalişlari, öquv materiallarining sinflar kesimidagi izçilligi va öquvçilarning yoş xususiyatlariga mosligi körib çiqiladi. Musiqiy tinglaş, kuylaş, musiqiy savodxonlik, ijroçilik, musiqiy-ritmik harakat va ijodiy faoliyatga oid öquv mazmunining taqsimlanişi örganiladi.
Öquv dasturida belgilangan bilim, könikma, malaka va kompetensiyalarning darsliklar, mavzular va baholaş jarayoni bilan muvofiqligi tahlil qilinadi. Şuningdek, amaldagi normativ hujjatlarning rasmiy va yangilangan tahriridan foydalaniş, hujjatlar mazmunini özaro soliştiriş va metodik xulosalar çiqariş masalalariga e’tibor qaratiladi.
2Mustaqil ta’lim topşiriği
Talaba musiqa faniga oid amaldagi davlat ta’lim standarti, tegişli öquv dasturi va 5–7-sinf darsliklarini örganadi. Hujjatlarning nomi, tasdiqlangan sanasi, qöllaniş doirasi va mazmuniy yönalişlarini aniqlaydi.
Har bir sinf böyiça öquv maqsadlari, mavzular ketma-ketligi, musiqiy faoliyat turlari va kutilayotgan natijalarni tahlil qiladi. 5-, 6- va 7-sinflardagi öquv materiallari örtasidagi izçillik, murakkablik darajasi va mazmuniy davomiylikni aniqlaydi.
Talaba tanlangan bir sinf va bir çorak misolida öquv dasturining mazmuniy tahlilini tayyorlaydi. Unda mavzular, ajratilgan soatlar, öquv maqsadlari, faoliyat turlari va kutilayotgan natijalar aks ettiriladi. Yakunda dastur mazmunining öquvçilarning musiqiy rivojlanişiga muvofiqligi haqida asoslangan xulosa beradi.
3Bajariladigan işlar0 / 6 bajarildi
ManbaMatn fan dasturidan özgartirişsiz olingan. Belgilar faqat şu brauzerda saqlanadi.