25-mavzu
MUSIQA FANIDA MINI-LOYIHALAR ORQALI IJODIY FIKRLAŞNI RIVOJLANTIRIŞ
Yakuniy natija
Mini-loyihalar töplami va bitta batafsil loyiha pasporti.
1Mustaqil ta’lim mazmuni
Mavzuda loyiha asosida öqitiş yondaşuvi, mini-loyiha tuşunçasi, uning bosqiçlari va musiqa ta’limidagi didaktik imkoniyatlari örganiladi. Mini-loyihaning maqsadi, muammosi, vazifalari, iştirokçilari, bajariş muddati, resurslari, yakuniy mahsuloti va baholaş mezonlari yoritiladi.
Musiqa darslarida mini-loyihalarning qöllaniş yönalişlari – musiqiy asarni örganiş, qöşiq ijrosini taşkil etiş, musiqiy taqdimot tayyorlaş, çolğular haqida axborot töplaş, musiqiy viktorina yaratiş, audio yoki video mahsulot tayyorlaş, musiqiy tadbir taşkil etiş va ijodiy kompozitsiya yaratiş imkoniyatlari tahlil qilinadi.
Mini-loyihalarning öquvçilarda mustaqil izlaniş, axborotni tanlaş, muammoni hal etiş, jamoaviy hamkorlik, ijodiy fikrlaş, taqdimot qiliş va öz faoliyatini baholaş könikmalarini rivojlantirişdagi ahamiyati örganiladi.
2Mustaqil ta’lim topşiriği
Talaba 5–7-sinf musiqa ta’limi uçun kamida 3 ta mini-loyiha ğoyasini işlab çiqadi. Har bir loyiha uçun nom, maqsad, muammo, vazifalar, bajariş bosqiçlari va kutilayotgan yakuniy mahsulot belgilanadi.
Masalan:
- “Özbek xalq çolğulari” mavzusida elektron taqdimot yaratiş;
- “Mening sevimli musiqiy asarim” mavzusida audio-taqdimot tayyorlaş;
- “Sinfimiz musiqiy ensiklopediyasi” loyihasini işlab çiqiş.
Talaba uşbu loyihalardan bittasini tanlab, uni amalga oşiriş rejasini batafsil işlab çiqadi. Unda iştirokçilar vazifalari, foydalaniladigan manbalar, raqamli vositalar, vaqt taqsimoti, yakuniy mahsulot va baholaş mezonlari körsatiladi.
3Bajariladigan işlar0 / 6 bajarildi
ManbaMatn fan dasturidan özgartirişsiz olingan. Belgilar faqat şu brauzerda saqlanadi.