6-mavzu
JAHON TAJRIBASIDA MUSIQA ÖQITIŞ TEXNOLOGIYALARINING ŞAKLLANIŞ BOSQIÇLARI
Yakuniy natija
Qiyosiy tahlil, metodik tavsiya va amaliy maşqlar töplami.
1Mustaqil ta’lim mazmuni
Mavzuda jahon musiqa ta’limi tarixida öqitiş metodlari va texnologiyalarining şakllanişi hamda rivojlaniş bosqiçlari örganiladi. An’anaviy musiqiy ta’lim şakllari, nota yozuvi asosida öqitiş, musiqiy savodxonlikni şakllantiriş, jamoaviy kuylaş, çolğu ijroçiligini örgatiş va musiqa nazariyasini özlaştiriş usullarining tarixiy taraqqiyoti yoritiladi.
XX asrda şakllangan va rivojlangan Orff, Kodály, Dalcroze va Suzuki kabi musiqiy-pedagogik yondaşuvlarning asosiy ğoyalari, öqitiş tamoyillari, amaliy maşğulotlarni taşkil etiş xususiyatlari va öquvçi rivojlanişiga ta’siri tahlil qilinadi. Uşbu yondaşuvlarning ritm, eşitiş, kuylaş, harakat, ijroçilik va musiqiy savodxonlikni şakllantirişdagi örni körib çiqiladi.
Zamonaviy bosqiçda raqamli texnologiyalar, multimedia vositalari, onlayn ta’lim platformalari, interfaol dasturlar, virtual ijroçilik muhiti va sun’iy intellekt imkoniyatlarining musiqa ta’limiga kirib kelişi örganiladi. Jahon tajribasidagi yondaşuvlarning milliy musiqa ta’limi şaroitida qöllaniş imkoniyatlari ham tahlil qilinadi.
2Mustaqil ta’lim topşiriği
Talaba jahon musiqa pedagogikasida şakllangan asosiy metodik yondaşuvlarni örganib, ularning rivojlaniş bosqiçlarini aniqlaydi. Orff, Kodály, Dalcroze va Suzuki yondaşuvlaridan kamida uçtasini tanlab, ularning maqsadi, asosiy tamoyillari, maşğulot şakllari, qöllaniladigan vositalari va kutiladigan natijalarini qiyoslaydi.
Har bir yondaşuvning musiqa darsidagi qöllanişiga bittadan amaliy misol işlab çiqadi. Masalan, ritmik harakat, qöşiq orqali musiqiy savodxonlik, eşitiş va harakat uyğunligi yoki çolğu ijroçiligiga asoslangan maşq.
Talaba jahon tajribasidan olingan yondaşuvlardan birini 5–7-sinflar musiqa darsiga moslaştirib, metodik tavsiya işlab çiqadi. Bunda milliy musiqa materiallari, öquvçilarning yoş xususiyatlari va mavjud ta’lim şaroitlari hisobga olinadi.
3Bajariladigan işlar0 / 5 bajarildi
ManbaMatn fan dasturidan özgartirişsiz olingan. Belgilar faqat şu brauzerda saqlanadi.