7-mavzu
MUSIQA DARSLARIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANIŞ USULLARI
Yakuniy natija
Raqamli öquv materiali, dasturlar tahlili va undan foydalaniş böyiça metodik tavsiya.
1Mustaqil ta’lim mazmuni
Mavzuda raqamli texnologiyalar tuşunçasi, ularning ta’lim jarayonidagi örni va musiqa darslarida qöllaniş imkoniyatlari örganiladi. Kompyuter, planşet, smartfon, interaktiv doska, audio va video qurilmalar, raqamli nota muharrirlari, musiqiy dasturlar hamda internet platformalarining didaktik imkoniyatlari tahlil qilinadi.
Musiqa ta’limida foydalaniladigan MuseScore, Sibelius, Flat.io, GarageBand, FL Studio, Audacity, BandLab, SmartMusic, Yousician va boşqa dasturlarning vazifalari, foydalaniş yönalişlari va pedagogik imkoniyatlari körib çiqiladi. Ularning musiqiy savodxonlik, nota öqiş, ritmni his qiliş, musiqiy tinglaş, ijro va ijodiy faoliyatni rivojlantirişdagi ahamiyati yoritiladi.
Raqamli audio va video materiallar, elektron taqdimotlar, virtual çolğular, interfaol maşqlar, onlayn testlar va masofaviy ta’lim platformalaridan foydalaniş metodikasi örganiladi. Şuningdek, raqamli vositalarni tanlaşda öquv maqsadiga muvofiqlik, foydalaniş qulayligi, texnik imkoniyatlar, axborot xavfsizligi va mualliflik huquqiga rioya etiş masalalari tahlil qilinadi.
2Mustaqil ta’lim topşiriği
Talaba musiqa darslarida foydalaniş mumkin bölgan kamida 5 ta raqamli dastur yoki platformani tanlaydi. Har bir vositaning vazifasi, imkoniyatlari, qöllaniş sohasi, afzalliklari va mavjud çeklovlarini örganadi.
Tanlangan dasturlar quyidagi faoliyat yönalişlari böyiça tasniflanadi: musiqiy tinglaş, nota yozuvi va savodxonlik, ritmik maşqlar, qöşiq kuylaş, çolğu ijroçiligi, musiqa yaratiş va tahrirlaş, bilimlarni nazorat qiliş.
Talaba ulardan kamida bittasidan amaliy foydalanib, musiqa darsi uçun raqamli öquv materiali tayyorlaydi. Bu nota maşqi, audio topşiriq, interfaol test, ritmik maşq, videodars yoki musiqiy tinglaş uçun topşiriq bölişi mumkin. Tayyorlangan materialni darsning qaysi bosqiçida va qanday maqsadda qöllaş mumkinligini izohlaydi.
3Bajariladigan işlar0 / 5 bajarildi
ManbaMatn fan dasturidan özgartirişsiz olingan. Belgilar faqat şu brauzerda saqlanadi.