5-mavzu
ÖZBEKISTON MUSIQA PEDAGOGIKASINING TARIXIY TARAQQIYOTI
Yakuniy natija
Tarixiy-tahliliy yozma iş, xronologik jadval va xulosa.
1Mustaqil ta’lim mazmuni
Mavzuda Özbekiston hududida musiqa ta’limi va tarbiyasining tarixiy şakllanişi, rivojlaniş bosqiçlari hamda milliy musiqiy-pedagogik merosning ta’lim tizimidagi örni örganiladi. Qadimgi davrlarda musiqa va musiqiy tarbiyaning ijtimoiy hayotdagi vazifalari, an’anaviy ustoz-şogird ta’limi, xalq musiqasi, maqom san’ati, baxşiçilik, sozandalik va hofizlik maktablarining şakllanişi tahlil qilinadi.
Örta asrlarda Markaziy Osiyoda musiqa ilmi va ta’limiga oid qaraşlar, allomalar merosi, musiqa nazariyasi va amaliy ijroçilik an’analarining rivojlanişi yoritiladi. Keyingi tarixiy davrlarda musiqa maktablari, madaniy-ma’rifiy muassasalar, musiqa bilim yurtlari, san’at va pedagogika ta’lim muassasalarining taşkil topişi hamda musiqa ta’limining tizimli rivojlanişiga e’tibor qaratiladi.
Mustaqillik davrida milliy musiqa merosini tiklaş, maqom va xalq ijroçiligi an’analarini örganiş, umumta’lim maktablari va oliy ta’lim tizimida musiqa ta’limini takomillaştiriş, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etiş jarayonlari tahlil qilinadi.
2Mustaqil ta’lim topşiriği
Talaba Özbekiston musiqa pedagogikasining tarixiy taraqqiyotiga oid ilmiy adabiyotlar, tarixiy manbalar va tegişli hujjatlarni örganadi. Musiqa ta’limining tarixiy rivojlanişini asosiy davrlarga ajratib, har bir davrning öziga xos xususiyatlarini aniqlaydi.
Tarixiy davrlar böyiça quyidagi masalalar yoritiladi: musiqa ta’limining maqsadi, ta’lim beriş şakllari, ustoz-şogird an’analari, musiqiy bilim va könikmalarni uzatiş usullari, asosiy musiqiy-pedagogik namoyandalar va ta’lim muassasalari.
Talaba Özbekiston musiqa pedagogikasi taraqqiyotining xronologik jadvalini tuzadi. Unda muhim tarixiy bosqiçlar, sanalar, namoyandalar, ta’lim şakllari va rivojlaniş xususiyatlari körsatiladi. Yakunda tarixiy tajribaning bugungi musiqa ta’limi uçun ahamiyati yuzasidan ilmiy xulosa tayyorlanadi.
3Bajariladigan işlar0 / 6 bajarildi
ManbaMatn fan dasturidan özgartirişsiz olingan. Belgilar faqat şu brauzerda saqlanadi.