18-mavzu
“BIR DARS – BIR ĞOYA” KONSEPSIYASI ASOSIDA DARS LOYIHALAŞ
Yakuniy natija
“Bir dars – bir ğoya” konsepsiyasi asosida işlab çiqilgan dars işlanmasi.
1Mustaqil ta’lim mazmuni
Mavzuda “Bir dars – bir ğoya” konsepsiyasining mohiyati, didaktik maqsadi va musiqa darsini samarali taşkil etişdagi imkoniyatlari örganiladi. Konsepsiyaning asosiy ğoyasi – dars mazmunini yagona markaziy ta’limiy ğoya atrofida birlaştiriş, ortiqça va özaro boğlanmagan materiallarni kamaytiriş hamda öquvçilarning asosiy natijaga yönaltirilgan faoliyatini ta’minlaşdan iborat.
Darsning asosiy ğoyasini aniqlaş, uni öquv maqsadiga aylantiriş, mazmunni tanlaş, musiqiy material va topşiriqlarni saralaş, dars bosqiçlarini yagona mantiqiy yönalişda taşkil etiş masalalari yoritiladi.
Musiqa darsida bitta markaziy ğoya tinglaş, kuylaş, musiqiy savodxonlik, ritmik maşq, ijodiy faoliyat va baholaş bilan qanday boğlanişi tahlil qilinadi. Öquvçilarning diqqati va faoliyatini asosiy maqsadga yönaltiriş, dars mazmunining yaxlitligini ta’minlaş hamda kutilayotgan natijani aniq belgilaş imkoniyatlari körib çiqiladi.
2Mustaqil ta’lim topşiriği
Talaba 5–7-sinf musiqa fanidan bitta mavzuni tanlab, uşbu mavzuning asosiy ğoyasini bitta aniq jumlada ifodalaydi. Söng şu ğoya asosida darsning maqsadi va kutilayotgan natijalarini işlab çiqadi.
Darsning barça bosqiçlari tanlangan asosiy ğoyaga xizmat qilişi lozim. Masalan, asosiy ğoya “Musiqada ritm obraz va harakatni şakllantiradi” bölsa, tinglaş, ritmik maşq, kuylaş va ijodiy topşiriqlar şu ğoyani oçib berişga yönaltiriladi.
Talaba dars uçun kiriş savoli, asosiy musiqiy material, amaliy topşiriq, mustahkamlaş maşqi va baholaş usulini işlab çiqadi. Yakunda darsning qaysi qismlari markaziy ğoya bilan boğlanganini tahlil qilib, uning yaxlitligini asoslaydi.
3Bajariladigan işlar0 / 6 bajarildi
ManbaMatn fan dasturidan özgartirişsiz olingan. Belgilar faqat şu brauzerda saqlanadi.