14-mavzu
INTERFAOL METODLAR YORDAMIDA KUY TAHLILINI ÖRGATIŞ YÖLLARI
Yakuniy natija
Musiqiy kuy tahlili va interfaol maşğulot işlanmasi.
1Mustaqil ta’lim mazmuni
Mavzuda kuy tuşunçasi, uning musiqiy tuzilişi va asosiy ifoda vositalari örganiladi. Kuy tahlilining maqsadi, vazifalari, bosqiçlari hamda öquvçilarda musiqiy tahlil könikmalarini şakllantiriş usullari yoritiladi.
Kuy tahlilida melodik harakat, tovuş balandligi, ritmik tuziliş, metr, temp, lad, tonallik, musiqiy jumla, motiv, fraza, dinamik belgilar, artikulyatsiya va musiqiy xarakter kabi jihatlar örganiladi. Kuy mazmuni va musiqiy ifoda vositalari örtasidagi boğliqlik, kuy xarakterini anglaş va uning badiiy obrazini izohlaş masalalari tahlil qilinadi.
Kuy tahlilini örgatişda savol-javob, klaster, aqliy hujum, musiqiy xarita, guruhli tahlil, taqqoslab tinglaş, nota matni bilan işlaş va raqamli vizualizatsiya kabi interfaol metodlardan foydalaniş imkoniyatlari körib çiqiladi.
2Mustaqil ta’lim topşiriği
Talaba özbek xalq kuyi, maqom namunasi yoki bolalar kuylaridan birini tanlaydi. Tanlangan kuy audioyozuvini tinglaydi va imkon qadar nota matni bilan tanişadi.
Kuy quyidagi mezonlar asosida tahlil qilinadi: janri va xarakteri, melodik yönalişi, ritmik tuzilişi, tempi, dinamikasi, musiqiy jumlalari, takrorlaniş va rivojlaniş xususiyatlari, ijro vositalari va badiiy mazmuni.
Şundan söng kuy tahlilini öquvçilarga örgatiş uçun kamida 3 ta interfaol metod tanlanadi. Har bir metod asosida savollar, amaliy topşiriqlar va kutilayotgan javoblar işlab çiqiladi. Talaba yakunda tanlangan kuy asosida 5–7-sinf öquvçilari uçun interfaol tahlil maşğuloti loyihasini tayyorlaydi.
3Bajariladigan işlar0 / 6 bajarildi
ManbaMatn fan dasturidan özgartirişsiz olingan. Belgilar faqat şu brauzerda saqlanadi.