17-mavzu
MUSIQA DARSINI LOYIHALAŞ: MAQSAD, NATIJA VA BAHOLAŞ BIRLIKDA
Yakuniy natija
Maqsad, natija va baholaş özaro muvofiqlaştirilgan musiqa darsi loyihasi.
1Mustaqil ta’lim mazmuni
Mavzuda musiqa darsini pedagogik loyihalaş tuşunçasi, uning bosqiçlari va ta’lim samaradorligini ta’minlaşdagi ahamiyati örganiladi. Dars maqsadi, kutilayotgan ta’lim natijasi, öquv mazmuni, öqitiş metodlari, ta’lim vositalari va baholaş mezonlari örtasidagi uzviy boğliqlik yoritiladi.
Dars maqsadini aniq ifodalaş, öquvçilarning dars yakunida nimalarni bilişi, tuşunişi va bajara olişini belgilaş, natijalarni kuzatiladigan va baholanadigan körsatkiçlar orqali ifodalaş masalalari tahlil qilinadi. SMART tamoyili asosida maqsad belgilaş, öquv faoliyatini rejalaştiriş va baholaş usullarini tanlaş imkoniyatlari körib çiqiladi.
Musiqa darsini loyihalaşda tinglaş, kuylaş, musiqiy savodxonlik, ijroçilik va ijodiy faoliyatning özaro uyğunligini ta’minlaş, dars bosqiçlarini mantiqiy ketma-ketlikda taşkil etiş hamda öquvçilarning yoş va individual xususiyatlarini hisobga oliş masalalari yoritiladi.
2Mustaqil ta’lim topşiriği
Talaba 5–7-sinf musiqa darsligidan bitta mavzuni tanlaydi va uşbu mavzu asosida töliq dars loyihasini işlab çiqadi.
Dars loyihasida quyidagilar aks ettiriladi: sinf, mavzu, darsning maqsadi, ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvçi vazifalar, kutilayotgan natijalar, öquv mazmuni, foydalaniladigan metodlar, ta’lim vositalari, dars bosqiçlari, öquvçilar faoliyati va baholaş mezonlari.
Talaba dars maqsadini SMART tamoyili asosida ifodalaydi. Kutilayotgan har bir natijaga mos öquv topşiriği va baholaş körsatkiçini belgilaydi. Darsning yakuniy bosqiçida öquvçilarning özlaştiriş darajasini aniqlaş uçun nazorat savollari yoki amaliy topşiriqlar işlab çiqadi.
3Bajariladigan işlar0 / 7 bajarildi
ManbaMatn fan dasturidan özgartirişsiz olingan. Belgilar faqat şu brauzerda saqlanadi.