10-mavzu
YAPONIYA VA KOREYADA MUSIQA ÖQITIŞ TEXNOLOGIYALARINING TAQQOSLAMA TAHLILI
Yakuniy natija
Yaponiya va Koreya tajribasining qiyosiy tahlili hamda moslaştirilgan metodik tavsiya.
1Mustaqil ta’lim mazmuni
Mavzuda Yaponiya va Koreya ta’lim tizimlarida musiqa fanining örni, öquv dasturlari, ta’lim mazmuni, darsni taşkil etiş şakllari va musiqa öqitiş texnologiyalari örganiladi. Har ikki mamlakatda milliy musiqiy merosni örgatiş, jamoaviy kuylaş, çolğu ijroçiligi, ritmik harakat, musiqiy tinglaş va ijodiy faoliyatni rivojlantiriş masalalari tahlil qilinadi.
Yaponiya musiqa ta’limida jamoaviy ijroçilik, musiqa tinglaş, an’anaviy çolğular va milliy musiqiy qadriyatlarni örgatiş tajribasi körib çiqiladi. Koreya musiqa ta’limida milliy musiqiy meros, zamonaviy musiqa, ijodiy faoliyat va raqamli vositalardan foydalaniş xususiyatlari örganiladi.
Har ikki mamlakatda öqituvçi va öquvçi faoliyati, dars mazmuni, baholaş tizimi, musiqiy kompetensiyalarni rivojlantiriş va zamonaviy texnologiyalarning qöllanişi qiyosiy tahlil qilinadi. Şuningdek, ularning ilğor tajribalarini Özbekiston musiqa ta’limiga moslaştiriş imkoniyatlari aniqlanadi.
2Mustaqil ta’lim topşiriği
Talaba Yaponiya va Koreya musiqa ta’limiga oid rasmiy öquv dasturlari, ilmiy maqolalar va metodik manbalarni örganadi. Har ikki mamlakat böyiça quyidagi jihatlarni aniqlaydi: musiqa ta’limining maqsadi, öquv mazmuni, öqitiş metodlari, milliy musiqa merosining örni, raqamli texnologiyalardan foydalaniş, ijroçilik faoliyati va baholaş usullari.
Yaponiya va Koreya tajribasini kamida 6 ta mezon asosida taqqoslaydi. Qiyosiy tahlilda har bir mamlakatning öziga xos xususiyatlari manbalarga tayangan holda yoritiladi.
Talaba har ikki mamlakat tajribasidan bittadan samarali metodik yondaşuvni tanlab, uni Özbekiston maktablaridagi musiqa darslariga moslaştiriş böyiça taklif işlab çiqadi. Taklifda sinf darajasi, dars mavzusi, öquv faoliyati, foydalaniladigan vositalar va kutilayotgan natija körsatiladi.
3Bajariladigan işlar0 / 5 bajarildi
ManbaMatn fan dasturidan özgartirişsiz olingan. Belgilar faqat şu brauzerda saqlanadi.